Kechqurun oila bilan bordik. Oila bilan o'tirishga chetda joy qolgan ekan. Stol qimirlab turgan ekan.
Ofitsiant ichimliklar menusini berdi. Cappuchino va smuzi aytdik.
Shirinlik zakaz qilmoqchi edik. Turib borib buyurtma qilish kerak ekan. Buyutmaga nomer berilarkan. Shirinlik olmoqchi edik ko'p narsasi sotilib ketgan ekan. Bitta ikkita bulochka qolgan ekan. Bulochkaga boshqa narsaning nomi yozilgan edi. Nomi bilan zakaz qilgandik boshqa narsa keldi. Nomi adashgan ekan. Muzlatgichdagi shirinlikning 4/1 qismini olsa bo'lar ekan. Oldik. Yeb bo'lmadi. Muzlatgichdan edida...
Kofe va smuzi keldi. Kofe kuydirilgan. Ichilmay qolib ketdi. Smuzini ham bolalar icha olmadi.
Umuman olganda kecha kayfiyati buzildi.
Yaxshi tomoni:
1. Joylashuvi yaxshi.
2. Interyeri yaxshi.
Yomon taraflari:
1. Tashkillashtirish g'alati. Shirinliklar menusi yo'q. Shirinliklarning o'zi ham yo'q.
2. Tanlashga yordan yoq. Muzlatgichdagi shirinlikni yeb bo'lmaydi deganda olmasdik.
3. Cappuchino kuygan edi. Smuzi bemaza edi.
Bormoqchi bo'lsangiz kunduz kuni boring. Ikki kishi uchrashishga, rasm olishga yaxshi joy. Shirinlik va kofe uchun boshqa joyga boring. Kechqurun ishladi degani yaxshi ishladi degani emas ekan.
5 dan 2 ball xulosa.
Yaxshi joy va yaxshi atmosfera. Pitsa mazali edi. Ofitsiant ham juda sezgir va chaqqon. Narxlar oʻrtadan qimmat. 4 kishiga 450 000 boʻldi. Shashlik yesa boʻlardi bu pulga.