Bu masjid asoschisi Niyozmuhammad buvam qursirganlar. Asil hovlilari Darxonda bo'lgan va har baxordan to kuz ohirigacha shu erlarda dexqonchilik qilishgan. Moychuvoz,qo'qon arava ishlab chiqarish va suv tegirmonlari bo'lgan. Savet tuzumi barcha boyliklarini uy joylarini tortib olib o'zlarini sibirga quloq qilishgan. Farzandlaridan biri Turg'un dodam 2 chi jaxon urishidan sog'-omon kelib buvamiz Niyozmuhammadni sibirdan olib kelganlar. Shunda ham Niyozmuhammad buvamizni o'z oilasidan 60 km uzoqda yashashi bo'lmasam qayta sibirga jo'natishligini aytgan savet tuzumi. Niyozmuhammad buvamni yangi yo'lga jo'natgan va hozirdagi yangi yo'l Niyozboshi degan joyni asoschisi shu buvamiz Niyozmuhammad bo'lganlar. Savet tuzumi Muhammad ismni yo'q qilish maqsadida buvamizni qurdirgan masjid nomini Niyozmuhammad e'mas Niyozmat deb nomlanishiga sabab bo'lgan.