Nest One (talaffuzi: Nest Uan) — Toshkent shahrida qurib bitkaziligan koʻp funksiyali osmonoʻpar bino. Balandligi 266,5 m boʻlib, „Toshkent City“ XKMning 4-loti
Nest One
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi- Tashkent city
Shahar-Toshkent
Mamlakat-Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan-2017-yil
Qurilishi tugagan- 2023-yil
Balandligi-267 m
Eng yuqori qavati- 51
Texnik holati
Material-Beton, metal
Kompleksning markaziy va eng baland minorasi 51 qavatdan iborat boʻlib, turar joy xonalari, ofislar, restoranlar, sport maydonchalari va boshqa jamoat joylarini oʻz ichiga oladi. Kompleksning qoʻshni binolarida ofis maydoni va besh yulduzli „The Ritz-Carlton“ mehmonxonasi joylashgan
Loyihaning umumiy maydoni 187,284 kv.m. Yer uchastkasining umumiy maydoni 14,779 kv.m. Loyiha byudjeti 150 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Qurilganidan soʻng „Nest One“ Oʻzbekistondagi birinchi osmonoʻpar bino va eng baland bino, shuningdek, Abu Dabi Plaza majmuasidan keyin Markaziy Osiyodagi ikkinchi eng baland binoga aylanadi.
Amir Temur (Eski turkcha: امیر تیمور – Amir Temur) (1336-yil 9-aprel, 1405-yil 18-fevral) – oʻrta asrlarning buyuk turkiy askari va qoʻmondoni, Temuriylar imperiyasi asoschisi, Oltin Oʻrda, Mamluk sultonligi, Dehli sultonligi, Usmonlilar davlati, Kavkaz va Erondagi davlatlarni yengishi ortidan musulmon olamining toʻla yetakchisi, yeri 4,4 mln km² ga yetishgan 14-yuzyilliknig eng kuchli davlat quruvchisi, 35 yillik boshqaruvi va yurishlari chogʻida biror urushni yutqazmagan qoʻshinboshi, oʻtmishda koʻrilgan uchta buyuk harbiy-taktik urush va yurish qoʻmondonlaridan biri, Temuriylar uygʻonish davri asoschisi, ilm-fan, meʼmorchilik, Sanʼat va Adabiyot homiysi
Buxoro arki — Oʻzbekistonning Buxoro shahridagi qadimiy ark; atrofidagi maydon sathidan qariyb 20 metr balandlikda koʻtarilgan va taxminan 4 gektar maydonni egallagan monumental qal’a. Qalʼa Buxoroning eng qadimiy meʼmoriy va arxeologik yodgorligi hisoblanadi. Bu qal’a tepalikni tashkil etgan koʻp asrlik vayronagarchilik qatlamlariga ega shaharning eng qadimiy qismi hisoblanadi
Minorai Kalon (Katta minora), Arslonxon minorasi — Buxorodagimeʼmoriy yodgorlik.Poyi Kalonmeʼmoriy ansamblining bir qismi.Eski Buxoroning eng baland inshooti,balandligi 47.5 metr. Oʻz vaqtida Rossiya imperiyasining hujumi natijasida 26 ta bomba borib tekkan lekin qulab tushmagan. Mazkur inshoot meʼmor Usta Baqo loyihasi asosasida qoraxoniyhukmdorArslonxon topshirigʻiga binoan 1127-yilda bunyod etilgan[1]. Hozirgi kunda minoraOʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.Minorayi kalonda jami koʻtarilish uchun zinalar soni 105 ta boʻlgan