2. Kitob o‘qish boshqa odamlar bilan muloqot qilishga yordam beradi. Ya’ni kitob o‘qigan odam o‘z fikrlarini chiroyli, aniq, yorqin ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. Bir nechta mumtoz adabiyotni o‘qishning o‘zida ham kishida gapirish san’ati bir qadar rivojlangani seziladi. shu tariqa kishi yaxshi suxbatdosh bo‘la oladi, odamlarda o‘zi haqida yaxshi tassurot qoldiradi
Masjidlar Alloh taoloning yer yuzidagi uylaridir. Ular yer yuzidagi eng pokiza va toza makonlardir. Ularning minoralaridan muazzinlarning ovozlari yangraydi, tavhid kalimalari takrorlanadi. Masjidlar ustiga farishtalar tushishadi, rahmatlar yog‘iladi, masjid ahlini sakinat o‘rab oladi, masjid ahlining ustiga barakalar yog‘iladi. Masjidlarda musulmonlar bir-birlari bilan tanishadilar, ulfat bo‘ladilar, bir-birlariga yordam berib, hamjihat bo‘ladilar, bir-birlarini ziyorat qilib, bir-birlariga rahm-shafqat ko‘rsatadilar. Buning natijasida oralarida bog‘lanish, do‘stlik, mehribonlik kuchayadi.