Ingliz tilini o'rganish uchun eng yaxshi o'quv markazlaridan biri. Darslar innovatsion usulda zamonaviy tarzda o'tiladi. Maxsus ilova orqali uyga vazifalar bajariladi va dam olish kunlari o'quvchilar uchun foydali tadbirlar uyushtirib boriladi.
Juda ham baland attraksion. Charxpalakka chiqishni maslahat beraman. , chunki u Toshkentning har tomonini qulay tomosha qilish uchun mos joyda joylashgan.
Oilaviy borib taomlanish uchun juda ham mos joy, lekin joylar tez to'lib qolganligi bois oldindan bog'lanib joy band qilib qo'yish ma'qulroq. Xizmat sifati va qulayliklar yaxshi, ammo odam ko'pligidan juda ham shovqin bo'lib ketadi buni ustiga qo'yilgan musiqa ham sherigingizning gaplarini eshitishga qiyinchilik tug'diradi.
Yangi Andijon shahrining yaqinida barpo etilgan yangi Vatanparvar bog'i. Ushbu muzey-bog' o'zida harbiy texnikalarni ochiq osmon ostida ko'rgazma sifatida mujassamlashtirgan.
Juda zamonaviy va qulayliklarga ega bo'lgan masjid. Masjidga kelayotgan namozxonlar juma kuni avtomobil to'xtash joyi topishda qiyinchiliklarga uchrashi mumkin. Beeline interneti bu joyda yaxshi ishlamas ekan.
Spektal uchun borishga arziydigan zamonaviy teatr bo'lib, chiptalarni kassadan yoki onlayn tarzda sotib olish mumkin. Kassada soat 13:00 dan 14:00 gacha tushlik va u soat 18:00 ga qadar ishlaydi, ammo onlayn chipta saytda doim ham bo'lavermaydi. Jamoat transporti orqali kelishni tavsiya qilaman, chunki atrofda avtomobil uchun parkovka mavjud emas.