Oldindan roʻyxatdan oʻtishni chiqarish samarali emas! Qabulxonadagi eshitgan eng yomon gaplarimdan birini shu yerda eshitdim: oʻzingizni mahallangizdan yoʻllanma olib kelmasangiz kirolmaysiz! Inson sogʻligʻi uchun kelgan bir paytda shunday deyish qanchalik toʻgʻri?!
Eng yaxshi tomoni xodimlarning mijozlarga nisbatan muomalasi – juda yaxshi. Ammo mahsulot tayyorlashda yo xodimlarda hali tajriba kam, yo umuman bilishmaydi.
Mehmonxona yaxshi. Sharoitlar qilingan. Narxi ham arzon nisbatan. Va aynan mehmonlar uchun juda qulay. Ayniqsa Toshkent va Toshkent tomondan keladigan mehmonlar uchun juda yaxshi variant. Ayniqsa menga yoqqan jihatlari adminlarni muomalasi, xonadagi sharoit, xususan hammomi va zavtrak uchun ham yaxshi tayyorgarlik qilingan.
Shunchaki ajoyib! Borib maza qildim va afsuslanmadim. Toshkentdagi bozorlardan ortiq boʻsa borki lekin aslo kammas. Tovarlarni assortimenti va sifati juda yaxshi. Tijoratchi va sotuvchilar xaridor va mijozlar maksimal sifatli va eng yaxshi mahsulotlarni sotishga harakat qilishvotti. Eng asosiysi: muomala juda goʻzal! Rahmat shunde bozorni tashkillashtirganlarga!