Bozorda quyidagi “kiydirish” sistemasi ishlaydi:
Siz narxlarni so’raysiz, birinchi so’ragan narsangiz arzon aytiladi, keyin siz bu do’konni insofli deb o’ylab, zarur narsalaringizni ro’yxatini aytishni boshlaysiz va qolgan narsalar “juda ajoyib narxda” xisoblanib, do’kondan sizni “kiydirib” chiqarib yuborishadi.
Yana nima olasiz yoki bugun olish niyat bormi?- deb so’rashsa, bu metod ishlashni boshlayotganini bildiradi.